QuizPilotFanlarDiniy ta'lim
Diniy ta'lim

Yuqumli kasalliklar bo'yicha test

muallif: Javlon · 50 ta savol · 1 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Zardoblar qaysi usulda yuboriladi?
  1. xona haroratidagi preparat burunga besh tomchidan tomiziladi
  2. 38-40°C gacha ilitilib mushak ichiga yuboriladi
  3. 37-36 °C isitilib mushak yoki vena ichiga Bezredko usulida yuboriladi
  4. preparatning turiga qarab mushak orasiga, teri ostiga, teri orasiga yuboriladi
Javobni ko'rish
37-36 °C isitilib mushak yoki vena ichiga Bezredko usulida yuboriladi
#2
Botulizim kasalligida biologik sinama o’tkazish uchun nima olinadi?
  1. qusuq massa
  2. qon
  3. peshob
  4. najas
Javobni ko'rish
qusuq massa
#3
Botulizimda qanday simptomo- kompleks kuzatiladi?
  1. ko’ngil aynishi qayt qilish suyuq sariq rangli o’tkir xidli ich ketish
  2. ko’ngil aynishi, qayt qilish, markaziy nerv sistemasining zararlanish simptomlari
  3. yuqori t°, ko’ngil aynish, qayt qilish, badbo’y xidli va yashil ich surishi
  4. ko’ngil aynishi, ich suyuq suvsimon ketadi, epigastral sohada og’riq
Javobni ko'rish
ko’ngil aynishi, qayt qilish, markaziy nerv sistemasining zararlanish simptomlari
#4
Esherixioz kasalligiga xos bo’lgan simptomatikani ko’rsating?
  1. yuqori t°da ko’ngil aynish, qusish, yashil rangli badboy xidli ich surish
  2. doimiy isitma, alaxlash, rozeoloz toshma, nisbiy bradikardiya 2-3 ich surishi
  3. to’sh ostida og’riq, ko’ngil aynashi, ko’p marotaba qusish
  4. t° ko’tarilishi, holsizlik, ko’ngil aynishi, kindik atrofida og’riq, suvsimon sariq rangli ich surishi
Javobni ko'rish
t° ko’tarilishi, holsizlik, ko’ngil aynishi, kindik atrofida og’riq, suvsimon sariq rangli ich surishi
#5
Botulizmni spetsifik davosida qachon monovalent zardob qo’llaniladi?
  1. monovalent zardob qollash shart emas
  2. toksinning serologik tipi aniqlangandan so’ng
  3. bemor kasalxonaga kelgan zaxoti
  4. zardob davosi faqat monovalent zardob bilan o’tkaziladi
Javobni ko'rish
toksinning serologik tipi aniqlangandan so’ng
#6
Salmonellyoz profilaktikasida shart bo’lmagan tadbirni aniqlang:
  1. salmonellyozga qarshi emlash
  2. kontaktda bolganlarni nazorat qilish
  3. bemorning izolyatsiya qilinishi
  4. o’choqda yakunlovchi dezenfeksiya o’tkazish
Javobni ko'rish
salmonellyozga qarshi emlash
#7
Salmonellyozda asosiy laborator tekshirish usulini aniqlang:
  1. allergologik
  2. mikroskopik
  3. bakteriologik
  4. serologik
Javobni ko'rish
bakteriologik
#8
Oral regitratatsiya uchun mo’ljallangan preparatni aniqlang:
  1. regidron
  2. laktosol
  3. trisol
  4. disol
Javobni ko'rish
regidron
#9
Salmonellyozda parhez stolini aniqlang:
  1. 1 stol
  2. 2 stol
  3. 3 stol
  4. 4 stol
Javobni ko'rish
4 stol
#10
Eubiotik preparatni aniqlang:
  1. bifikol
  2. bitsillin
  3. biseptol
  4. bromgeksin
Javobni ko'rish
bifikol
#11
Botulizmni nima keltirib chiqaradi?
  1. bakteriya toksinlari
  2. virus toksinlari
  3. viruslar
  4. bakteriyalar
Javobni ko'rish
bakteriya toksinlari
#12
Tashqi muhitda spora hosil qiluvchi bakteriyani aniqlang
  1. klostridiy
  2. salmonella
  3. shigella
  4. stafilokokk
Javobni ko'rish
klostridiy
#13
Qaysi mikrob botulizm toksinini ishlab chiqaradi?
  1. salmonella
  2. stafilokokk
  3. shigella
  4. klostridiy
Javobni ko'rish
klostridiy
#14
Botulizmda qaysi sindrom yuzaga chiqadi?
  1. gastroenterit
  2. toksik ensefalit
  3. gastrit
  4. kolit
Javobni ko'rish
toksik ensefalit
#15
Botulizmda o’lim holati nimadan sodir bo’ladi?
  1. o’tkir buyrak yetishmovchiligidan
  2. nafas olish va yurak urishi to’xtashidan
  3. gipovolemik shokdan
  4. miya shishidan
Javobni ko'rish
nafas olish va yurak urishi to’xtashidan
#16
Botulizm bilan kasallangan bemorni qaysi bo’limga yotqiziladi?
  1. faqat toksikologik bo’limga
  2. faqat infeksion bo’limga
  3. faqat terapeftik bo’limga
  4. faqat xirurgik bo’limga
Javobni ko'rish
faqat toksikologik bo’limga
#17
Botulizmda dastavval o’tkaziladigan chorani aniqlang
  1. sulfanilamidlar yuborish
  2. me’dani yuvish va sifonli huqna qilish
  3. zardob yuborish
  4. antibiotiklar yuborish
Javobni ko'rish
me’dani yuvish va sifonli huqna qilish
#18
Me’dani yuvishda kerakli jihoz va xom-ashyoni aniqlang:
  1. me’da zondi, voronka, vazelin, 8-10 l qaynatib sovutilgan suv, taglik, kleyonka, rezinali fartuk, qo’lqop, dez.eritma solingan idish
  2. rezina nay, voronka, vazelin, 8-10 l qaynatib sovutilgan suv, taglik, kleyonka, rezinali fartuk, qo’lqop, dez.eritma solingan idish
  3. Esmarx krujkasi, 1-2 l sovuq suv, vazelin, kleyonka, rezinali fartuk, qo’lqop, dez.eritma solingan idish
  4. duodenal zond, 8-10 l sovuq suv, vazelin, kleyonka, rezinali fartuk, qo’lqop, dez.eritma solingan idish
Javobni ko'rish
me’da zondi, voronka, vazelin, 8-10 l qaynatib sovutilgan suv, taglik, kleyonka, rezinali fartuk, qo’lqop, dez.eritma solingan idish
#19
Bak.tekshiruvga najas yig’ish qanday o’tkaziladi?
  1. steril sudnodan hamma axlat bankaga olinib yo’llanma bilan laboratoriyaga yuboriladi
  2. steril sudnodan steril cho’p yordamida axlatning shilimshiq va yiringli joyida 30g olinadi, probirkaga solinadi, yo’llanma bilan laboratoriyaga yuboriladi
  3. steril cho’p bilan najasning 3 joyidan 50g olinada, bankaga solinib yo’llanma bilan laboratoriyaga yuboriladi
  4. steril sudnodan steril cho’p yordamida najasning shilimshiq va yiringli joyidan 3-5g olinadi, glitserinli konservant solingan probirkaga joylashtiriladi, rezina qopqog’i yopilib, yo’llanma bilan bak.laboratoriyaga yuboriladi
Javobni ko'rish
steril sudnodan steril cho’p yordamida najasning shilimshiq va yiringli joyidan 3-5g olinadi, glitserinli konservant solingan probirkaga joylashtiriladi, rezina qopqog’i yopilib, yo’llanma bilan bak.laboratoriyaga yuboriladi
#20
Qaysi kasallikda MNSning harakat qismi zararlanadi?
  1. ich terlama
  2. salmonelyoz
  3. ovqatdan zaharlanishda
  4. botulizm
Javobni ko'rish
botulizm
#21
Suv- tuz balansini tiklash uchun qo’llaniladigan dori moddalarini aniqlang:
  1. antibiotiklar
  2. trisol, atsesol, laktosol eritmalari
  3. vitaminlar
  4. isitmani tushiruvchi dorilar
Javobni ko'rish
trisol, atsesol, laktosol eritmalari
#22
Salmonellalar xususiyatlarini aniqlang:
  1. grammanfiy, spora va kapsula hosil qiladi
  2. grammusbat tayoqchalar, spora hosil qiladi
  3. grammusbat tayoqcha, harakatsiz
  4. grammanfiy tayoqcha, spora va kapsula hosil qilmaydi, harakatchan
Javobni ko'rish
grammanfiy tayoqcha, spora va kapsula hosil qilmaydi, harakatchan
#23
Salmonelyoz yuqish yo’llarini aniqlang:
  1. suv, alimentar, kontakt- maishiy
  2. transmissiv
  3. parenteral
  4. havo- tomchi
Javobni ko'rish
suv, alimentar, kontakt- maishiy
#24
Salmonelyozda kuzatiladigan patogenetik o'zgarishni aniqlang:
  1. MNSning zararlanishi
  2. qo’zg’atuvchilarning ichak limfa tugunlari ichiga kirib yara hosil qiladi
  3. suv- elektrolit balansining buzilishi
  4. yo’g’on ichak shilliq qavatining yallig’lanishi
Javobni ko'rish
suv- elektrolit balansining buzilishi
#25
Salmonelyoz yashirin davrini aniqlang:
  1. 21 kun
  2. 1-3 kun
  3. 30 minut
  4. 6-24 soat
Javobni ko'rish
1-3 kun
#26
Salmonelyozning yuqish omillarini aniqlang:
  1. bemor odam va yayvonlar
  2. oziq- ovqatlar, suv, bemor bilan muloqot
  3. bemor odam va tashuvchi
  4. kasallangan parrandalar
Javobni ko'rish
oziq- ovqatlar, suv, bemor bilan muloqot
#27
Salmonelyozning chegaralangan shakli ko’pincha qaysi ko’rinishda o’tadi?
  1. gepatit
  2. gastroenterokolit
  3. gastrit
  4. gastroenterit
Javobni ko'rish
gastroenterit
#28
Gastroenteritning yengil shakli qanday kechadi?
  1. me’da–ichak sistemasidagi o’zgarishlar bo’lishi va 1-2 run davom etishi bilan
  2. atipik kechishi bilan
  3. faqat me’da sohasidagi og’riq bilan
  4. simptomsiz kechadi
Javobni ko'rish
me’da–ichak sistemasidagi o’zgarishlar bo’lishi va 1-2 run davom etishi bilan
#29
Salmonelyozning o’rta og’ir shaklida quyidagi belgilar kuzatiladi:
  1. o’ng qovurg’a ostida og’riq,qorni shishgan,ich ketishi
  2. qorinda og’riq,qayt qilish,badbo’y hidli shilliq aralsh ich surishi
  3. qorinda o’riq, kaxeksiya, qon aralash ich kelishi
  4. chap qovurg’a ostida og’riq,tupuksimon ich kelishi
Javobni ko'rish
qorinda og’riq,qayt qilish,badbo’y hidli shilliq aralsh ich surishi
#30
Go’dak bolalar da salmonelyozning quyidagi shakli ko’pincha kuzatiladi:
  1. tifsimon shakli
  2. septik shakli
  3. gastrit shakli
  4. gastroenterit shakli
Javobni ko'rish
septik shakli
#31
Zardob yuborishning 2- bosqichini aniqlang:
  1. suyultirilmagan zardob 0.1 ml miqdorda yelkaga teri ostiga yuboriladi.
  2. suyultirilgan zardob mushak orasiga yuboriladi;
  3. suyultirilgan zardob 0.1 ml miqdorda bilakka teri orasiga yuboriladi;
  4. 37⁰C da ilitilgan zardob shifokor ko’rsatmasiga binoan vena ichi yoki muchak orasiga yuboriladi;
Javobni ko'rish
suyultirilmagan zardob 0.1 ml miqdorda yelkaga teri ostiga yuboriladi.
#32
Zardob yuborishning 3- bosqichini aniqlang:
  1. suyultirilgan zardob 0.1 ml miqdorda bilakka teri orasiga yuboriladi;
  2. suyultirilmagan zardob 0.1 ml miqdorda yelkaga teri ostiga yuboriladi.
  3. suyultirilgan zardob mushak orasiga yuboriladi;
  4. 37⁰C da ilitilgan zardob shifokor ko’rsatmasiga binoan vena ichi yoki muchak orasiga yuboriladi;
Javobni ko'rish
37⁰C da ilitilgan zardob shifokor ko’rsatmasiga binoan vena ichi yoki muchak orasiga yuboriladi;
#33
Me’dani yuvishda kerakli jihozlarni aniqlang:
  1. duodenal zond, nosteril zond, isitgich, qisqich, idishda suv, magniy sulfat eritmasi, probirkalar, salfetka, choyshab.
  2. me’da zondi, nosteril zond, 10-12 l suv, voronka, cho’mich, chelak, tog’ora, rezina fartuklar, kleyonka, choyshab, idishda suv, salfetka;
  3. Esmarx krujkasi, 1-1.5 l suv, kleyonka, choyshab, vazelin, shpatel;
  4. rezina nay, 10-12 l suv, voronka, cho’mich, chelak, tog’ora, rezina fartuklar, kleyonka, choyshab, vazelin, shpatel, salfetka;
Javobni ko'rish
me’da zondi, nosteril zond, 10-12 l suv, voronka, cho’mich, chelak, tog’ora, rezina fartuklar, kleyonka, choyshab, idishda suv, salfetka;
#34
Sifonli huqna qilishda kerakli jihozlarni aniqlang:
  1. Esmarx krujkasi, 1-1.5 l suv, kleyonka, choyshab, vazelin, shpatel;
  2. duodenal zond, nosteril zond, isitgich, qisqich, idishda suv, magniy sulfat eritmasi, probirkalar, salfetka, choyshab.
  3. me’da zondi, nosteril zond, 10-12 l suv, voronka, cho’mich, chelak, tog’ora, rezina fartuklar, kleyonka, choyshab, idishda suv, salfetka;
  4. rezina nay, 10-12 l suv, voronka, cho’mich, chelak, tog’ora, rezina fartuklar, kleyonka, choyshab, vazelin, shpatel, salfetka;
Javobni ko'rish
rezina nay, 10-12 l suv, voronka, cho’mich, chelak, tog’ora, rezina fartuklar, kleyonka, choyshab, vazelin, shpatel, salfetka;
#35
Tozalovchi huqna qilishda kerakli jihozlarni aniqlang:
  1. me’da zondi, nosteril zond, 10-12 l suv, voronka, cho’mich, chelak, tog’ora, rezina fartuklar, kleyonka, choyshab, idishda suv, salfetka;
  2. duodenal zond, nosteril zond, isitgich, qisqich, idishda suv, magniy sulfat eritmasi, probirkalar, salfetka, choyshab.
  3. rezina nay, 10-12 l suv, voronka, cho’mich, chelak, tog’ora, rezina fartuklar, kleyonka, choyshab, vazelin, shpatel, salfetka;
  4. Esmarx krujkasi, 1-1.5 l suv, kleyonka, choyshab, vazelin, shpatel;
Javobni ko'rish
Esmarx krujkasi, 1-1.5 l suv, kleyonka, choyshab, vazelin, shpatel;
#36
Oral regidratatsiya uchun qo’llaniladigan preparatni aniqlang:
  1. reopoliglyukin
  2. reomakrodeks
  3. reosorbilak
  4. regidron
Javobni ko'rish
regidron
#37
Dizenteriya kasalligi bu - …
  1. me’da ichak sistemasining yallig’lanishi bilan kechuvchi yuqumli kasallik;
  2. klinik manzarasi bo’yicha ich terlamaga o’xshash yuqumli kasallik.
  3. epidemik tarqalishga moil, asosan yo’g’on ichak shilliq qavatining yallig’lanishi, najasda shilimshiq va qon aralashib keladigan yuqumli kasallik;
  4. ovqatdan zaharlanish bo’lib, markaziy nerv sistemasining zararlanishi bilan kechadigan yuqumli kasallik;
Javobni ko'rish
epidemik tarqalishga moil, asosan yo’g’on ichak shilliq qavatining yallig’lanishi, najasda shilimshiq va qon aralashib keladigan yuqumli kasallik;
#38
Dizenteriyada patologik o’zgarishlar kuzatiladigan ichakni aniqlang:
  1. S-simon ichak
  2. ingichka ichak
  3. o’n ikki barmoqli ichak
  4. ko’r ichak
Javobni ko'rish
S-simon ichak
#39
Dizenteriyada defekatsiyaga soxta istak bu - …
  1. qorinda og’riqlar bilan ich surishi.
  2. tupuk ko’rinishida ich kelishi;
  3. ko’p miqdordagi ich kelishini his qilgan holda najasning ajralmasligi;
  4. qon ipir- ipirlari bilan ich surishi;
Javobni ko'rish
ko’p miqdordagi ich kelishini his qilgan holda najasning ajralmasligi;
#40
Dizenteriya tashhisini qo’yishda ahamiyatga ega bo’lmagan dalilni aniqlang:
  1. ichakni rentgenologik tekshiruv natijasi
  2. epidemiologik anamnez
  3. klinik belgilarining bo’lishi
  4. bakteriologik tekshiruv natijasi
Javobni ko'rish
ichakni rentgenologik tekshiruv natijasi
#41
Dizenteriyada nechanchi parhez stoli buyuriladi?
  1. 7 stol
  2. 4 stol
  3. 5 stol
  4. 3 stol
Javobni ko'rish
5 stol
#42
Vabo kasalligida kuzatiladigan sindromni ko’rsating:
  1. qusish
  2. gipovolemik shok
  3. qorinda og’riq
  4. diareya
Javobni ko'rish
gipovolemik shok
#43
Vabo kasalligi qo’zg’atuvchisi?
  1. virus
  2. vibrion
  3. rikketsiyalar
  4. sodda jonivorlar
Javobni ko'rish
vibrion
#44
Vabo kasalligini yuqish yo'lini ko'rsating:
  1. havo-tomchi
  2. transmissiv
  3. parenteral
  4. suv yo’li
Javobni ko'rish
suv yo’li
#45
Qaysi kasallikda axlat “guruch qaynatmasi”ga o’xshaydi?
  1. o’lat
  2. dizenteriya
  3. vabo
  4. kuydirgi
Javobni ko'rish
vabo
#46
Suvsizlanishni qaysi bosqichida “algid” holati rivojlanadi?
  1. 4-bosqichida
  2. 2-bosqichida
  3. 3-bosqichida
  4. 1-bosqichida
Javobni ko'rish
4-bosqichida
#47
Vabo kasalligi tashxisotida qo’llaniladigan laborator usul:
  1. serologik
  2. bakteriologik
  3. mikroskopik
  4. allergik
Javobni ko'rish
bakteriologik
#48
Vaboni davosida qo’llaniladigan etiotrop preparatni ko’rsating:
  1. tetrasiklin
  2. delagil
  3. remantadin
  4. penitsillin
Javobni ko'rish
tetrasiklin
#49
Vaboda qaysi parhez stoli buyuriladi?
  1. 4-stol
  2. 7-stol
  3. 9-stol
  4. 5-stol
Javobni ko'rish
4-stol
#50
Dizenteriya qo’zg’atuvchisini ko’rsating:
  1. vibrionlar
  2. streptokokklar
  3. shigellalar
  4. salmonellalar
Javobni ko'rish
shigellalar
QuizPilotda o'ynash