Diniy ta'lim
Tug'ruqdan keyingi davr (chilla) bo'yicha test
muallif: Javlon · 50 ta savol ·
0 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Ilk chilla davrida qon ketishni to`xtatish uchun qo`llanilmaydi:
- bachadonni tashqi massaj qilish
- oksitatsin yuborish
- qo`lning mushti bilan bachadonni massaj qilish
- bachadon bo`shlig`ini qirish
Javobni ko'rish
bachadon bo`shlig`ini qirish
#2
Chilla davri necha davrga bo`linadi?
- 3
- 5
- 6
- 2
Javobni ko'rish
2
#3
Chilla davri qancha davom etadi?
- 60 kun
- 1 oy
- 2 hafta
- 6-8 hafta
Javobni ko'rish
6-8 hafta
#4
Ilk chilla davri qancha davom etadi?
- 1 kun
- 2 hafta
- 20 kun
- 2 soat
Javobni ko'rish
2 soat
#5
Tug’ruqdan keyin bachadonni o’z holiga qaytishi qachon yakunlanadi?
- Tug’ruqdan keyingi 2-3chi haftada
- Tug’ruqdan keyingi 4-5chi haftada
- Tug’ruqdan keyingi 1-chi haftani oxirida
- Tug’ruqdan keyingi 9-10chi kunda
Javobni ko'rish
Tug’ruqdan keyingi 9-10chi kunda
#6
Tug'ruqdan keyin 3- kuni bachadon tubi qayerda joylashadi?
- Kindikdan 1-2 barmoq enicha pastroqda
- Kindik ro'parasida
- Qovning yuqori chekkasi bilan kindik orasidagi masofaningi o'rtasida bo'ladi.
- Kindikdan 2-3 barmoq enicha pastroqda
Javobni ko'rish
Kindikdan 1-2 barmoq enicha pastroqda
#7
3-4 kunlik lohiyalar qanday ko’rinishda bo’ladi?
- Biroz qonli
- Oqish
- Serozli
- Qonday qizil
Javobni ko'rish
Biroz qonli
#8
5-8 kunlik lohiyalar qanday ko’rinishda bo’ladi?
- Biroz qonli seroz suyuqlik
- Qonday qizil
- Qish
- Serozli
Javobni ko'rish
Biroz qonli seroz suyuqlik
#9
10 kunlik lohiyalar qanday ko’rinishda bo’ladi?
- Biroz qonli seroz suyuqlik
- Qonday qizil
- Serozli
- Oqish, tiniq
Javobni ko'rish
Oqish, tiniq
#10
Lohiometra deb nimaga aytiladi?
- Lohiyalar bachadon ortiqlarida to’planishi
- Lohiyalar qinga to’planishi
- Lohiyalar bachadon bo’shlig’iga to’planishi
- Lohiyalarni tashqariga ajralishi
Javobni ko'rish
Lohiyalar bachadon bo’shlig’iga to’planishi
#11
Homiladorlik vaqtida ko’krak uchidan nima ajraladi?
- Yog’ tomchilari
- Og’iz suti sekret tomchisi
- Sut
- Suyuqlik
Javobni ko'rish
Og’iz suti sekret tomchisi
#12
Og’iz sutining tarkibi qanday?
- Hujayralardan
- Bez pufakchalaridan
- Oqsil, yog’ tomchilari, bez pufakchalari, epiteliy hujayralari, ogiz suti tanachalari
- To’qimalardan
Javobni ko'rish
Oqsil, yog’ tomchilari, bez pufakchalari, epiteliy hujayralari, ogiz suti tanachalari
#13
Tug’ruqdan keyin nechanchi kuni sut keladi?
- 5 kun
- 7 kun
- 1 kun
- 2-3 kun
Javobni ko'rish
2-3 kun
#14
Sut qanday ishlanib chiqadi?
- Gimnastika
- Massaj
- Murakkab reflekslar va garmonlar ta’sirida
- Asab tizimi ta’sirida
Javobni ko'rish
Murakkab reflekslar va garmonlar ta’sirida
#15
Sut hosil bo’lishini nima idora qiladi?
- Murakkab reflekslar
- Gipofizning laktogen gormoni va asab tizimi
- Gipotalamus
- Massaj
Javobni ko'rish
Gipofizning laktogen gormoni va asab tizimi
#16
Bolani emizish bachadon qisqarishiga qanday ta’siri bor?
- Ko’krak uchidagi nerv elementlarining ta’sirlanishi tufayli bachadon reflex yo’l bilan qisqaradi
- Estrogen gormonining ishlab chiqishi natijasida
- Hech qanday ta’siri yo’q
- Murakkab reflekslar
Javobni ko'rish
Ko’krak uchidagi nerv elementlarining ta’sirlanishi tufayli bachadon reflex yo’l bilan qisqaradi
#17
Sut tarkibi nimadan iborat?
- Hujayralar, to’qimalar
- Vitamin, qand
- Oqsil, tuz
- Zardob, yog’ tomchilari, tuz, qand, oqsil
Javobni ko'rish
Zardob, yog’ tomchilari, tuz, qand, oqsil
#18
Sut qanday reaksiyali?
- Ishqoriy
- Neytral
- Aralash
- Kislotali
Javobni ko'rish
Ishqoriy
#19
Sutning tarkibida qancha suv bor?
- 100%
- 10%
- 50%
- 87-88%
Javobni ko'rish
87-88%
#20
Sutning tarkibida qancha oqsil bor?
- 1,5-2%
- 1%
- 5%
- 10%
Javobni ko'rish
1,5-2%
#21
Sutning tarkibida qancha yog’ bor?
- 1%
- 3,5-4%
- 10%
- 20%
Javobni ko'rish
3,5-4%
#22
Sutning tarkibida qancha qand bor?
- 15%
- 3-4%
- 6,6-7,5%
- 1-2%
Javobni ko'rish
6,6-7,5%
#23
Tug’ruqdan keyin siydik chiqarishning buzilishiga sabab nima?
- Qovuq to’laligiga
- Ichak to’laligiga
- Qovuq atoniyasiga, shilliq pardasining homila boshi bilan qisilib shishganiga
- Oraliq yirtilishiga
Javobni ko'rish
Qovuq atoniyasiga, shilliq pardasining homila boshi bilan qisilib shishganiga
#24
Subinvalutsiya nima?
- Bachadon tubining o’zgarishi
- Jinsiy a’zolarning o’z asliga qaytish jarayoning patologik kechishi
- Sut kelishi
- Jinsiy a’zolarning o’z asliga qaytish jarayoni
Javobni ko'rish
Jinsiy a’zolarning o’z asliga qaytish jarayoning patologik kechishi
#25
Tuqqan ayolda siydik chiqarishning qiyinlashuviga nima sababdan kuzatiladi?
- Tug’ruqning noto’g’ri boshqarilishi
- Qon ketishi
- Qovuq atoniyasi, silliq pardasining homila boshi bilan siqilishi, shishgani
- Suvni barvaqt ketishi
Javobni ko'rish
Qovuq atoniyasi, silliq pardasining homila boshi bilan siqilishi, shishgani
#26
Ko’krak uchini yorilishi nimaga sabab bo’ladi?
- Mastopatiya
- Mastit
- Rak
- Sepsis
Javobni ko'rish
Mastit
#27
To'lg'oq sustligida qanday usul qo'llaniladi?
- Verbov bintini qo'llash.
- kesarcha-kesish;
- epiziotomiya qilish;
- akusherlik qisqichini solish va vakuum ekstraksiya;
Javobni ko'rish
Verbov bintini qo'llash.
#28
To'lg'oq sustligida qo'llash kerak
- tug'ruqni stimulyatsiyalash.
- Verbov bintini qo'llash
- kesarcha – kesish.
- epiziotomiya qilish.
Javobni ko'rish
Verbov bintini qo'llash
#29
Tug'ruq kuchlari diskoordinatsiyasini davolash uchun kerak:
- tug'ruqni stimulyatsiya qilish
- tug'ruq kuchlarini to'xtatish, keyin tug'ruqni kuzatish.
- spazmolitiklar va analgetiklar qo'llash
- tug'ruqni to'xtatish va kuchaytirish.
Javobni ko'rish
tug'ruq kuchlarini to'xtatish, keyin tug'ruqni kuzatish.
#30
Og'ir qusish mahalida tezlik bilan homiladorlikni to'xtatish uchun ko'rsatma:
- teri va skleralarni sarg'ayishi.
- ayolni keskin ozib ketishi.
- shishlarni hosil bo'lishi.
- siydikda oqsil va atsetonni paydo bo'lishi.
Javobni ko'rish
siydikda oqsil va atsetonni paydo bo'lishi.
#31
Homiladorlikda preeklampsiyani og'ir turi rivojlanishi asosan:
- eklampsiya talvasasini paydo bo'lishidan boshlanadi.
- gipertoniya vujudga kelishi bilan boshlanadi.
- homiladorlik shishlari paydo bo'lishidan.
- bosh og'rig'i , quloqda shovqin paydo bo'lishi bilan boshlanadi.
Javobni ko'rish
bosh og'rig'i , quloqda shovqin paydo bo'lishi bilan boshlanadi.
#32
O'rta og'irlikdagi preeklampsiyani og'ir turdagi preeklampsiyaga o'tishida quyidagilar asosan aniqlanadi:
- AB ni 150 G’ 100 mm sm ust. ortishi.
- miya simptomlarini belgilari.
- intoksikatsiya belgilarini vujudga kelishi.
- albuminuriya 0.33 dan 3.3% gacha ko'payishi.
Javobni ko'rish
miya simptomlarini belgilari.
#33
Homiladorlar qusishi qachon paydo bo'ladi?
- homiladorlikning 5-6 oyida.
- homiladorlikning 2-chi yarmida
- homiladorlikning birinchi 2-3 oyda.
- tug'uruqqa 2-3 oy qolganda.
Javobni ko'rish
homiladorlikning birinchi 2-3 oyda.
#34
Gipertenziv sindromlar qachon paydo bo'ladi?
- tug'uruqqa 2-3 oy qolganda.
- homiladorlikning 5-6 oyida.
- homiladorlikning birinchi 2-3 oyida.
- homiladorlikning 2-chi yarmida
Javobni ko'rish
homiladorlikning 2-chi yarmida
#35
Gipertenziv sindromning og'ir bosqichlari:
- preeklampsiya, eklampsiya
- nefropatiya, eklampsiya
- qusish, ptializm
- nefropatiya, preeklampsiya
Javobni ko'rish
preeklampsiya, eklampsiya
#36
Ich terlamada zararlanadigan a’zo:
- yo’g’on ichak distal qismi;
- jigar parenximasi.
- me’da ichak trakti;
- ingichka ichak limfa apparati;
Javobni ko'rish
ingichka ichak limfa apparati;
#37
Ich terlamada til ko’rinishi qanday bo’ladi?
- "bo’rsimon";
- shishgan, chetlarida tish izlari bilan;
- "malinasimon";
- shishgan.
Javobni ko'rish
shishgan, chetlarida tish izlari bilan;
#38
Ich terlamada retsidiv qachon kuzatiladi?
- kasallikning 2- haftasida;
- avj olish davrida;
- sog’aygandan 1 oydan so’ng.
- kasallikning 4- haftasida;
Javobni ko'rish
sog’aygandan 1 oydan so’ng.
#39
Ich terlamada og’riq qaysi sohada kuzatiladi?
- o’ng yonbosh sohada;
- to’sh orqasida;
- qo’ltiq ostida.
- chap yonbosh sohada;
Javobni ko'rish
o’ng yonbosh sohada;
#40
Ich terlama spetsifik asoratlarini aniqlang:
- ichakdan qon ketish, perforatsiya ,infeksiyon – toksik shok;
- parotit, stomatit ,osteomielit;
- pnevmoniya, meningit, ensefalit;
- miyelit, sistit, pielonefrit.
Javobni ko'rish
ichakdan qon ketish, perforatsiya ,infeksiyon – toksik shok;
#41
Ich terlamada o’tkaziladigan tekshirish usullarini aniqlang:
- bakterioskopik,allergik.
- biologik,serologik;
- bakteriologik,bakterioskopik,serologik;
- serologik,allergik;
Javobni ko'rish
bakteriologik,bakterioskopik,serologik;
#42
Ich terlamani tasdiqlovchi belgini aniqlang:
- gemokulturaning musbat ko’rsatgichi;
- musbat epid.anamnez;
- klinik belgilarning bo’lishi;
- koprokulturaning musbat natijasi.
Javobni ko'rish
gemokulturaning musbat ko’rsatgichi;
#43
Ich terlamada kuzatiladi:
- nisbiy bradikardiya, AB pasayishi;
- taxikardiya;
- bradikardiya;
- taxikardiya, AB ko’tarilishi.
Javobni ko'rish
nisbiy bradikardiya, AB pasayishi;
#44
Ich terlamada karantin necha kunga belgilanadi:
- 21 kun;
- 1,5 oy.
- 7 kun;
- 14 kun;
Javobni ko'rish
21 kun;
#45
Ich terlamada gemokultura uchun qaysi oziqa muhitdan foydalaniladi:
- Levina.
- Rappoport;
- Ploskaryov;
- Endo;
Javobni ko'rish
Rappoport;
#46
Ich terlamaga xos bo’lmagan yuqish yo’lini ko’rsating.
- parenteral.
- suv orqali;
- maishiy-kontakt;
- alimentar (oziq-ovqat orqali);
Javobni ko'rish
parenteral.
#47
Botulizm kasalligida MNSning qaysi qismi zararlanadi?
- hamma miya qismlari
- orqa miya
- uzunchoq miya
- miyacha
Javobni ko'rish
uzunchoq miya
#48
Salmonellyoz kasalligiga xos najasni ko’rsating.
- ko’p miqdorda, yopishqoq, malina simon jele ko’rinishida
- kam miqdorda, hidsiz, qon va shilimshiq aralash
- suyuq, ko’p miqdorda, badbo’y hidli, to’q yashil rangda
- suvli, ipir-ipir, oqimtir, guruch qaynatmasi ko’rinishida
Javobni ko'rish
suyuq, ko’p miqdorda, badbo’y hidli, to’q yashil rangda
#49
Kam miqdorda qon aralash ich kelishi qaysi kasallikda kuzatiladi?
- dizenteriya
- amyobiaz
- vabo
- salmonelyoz
Javobni ko'rish
dizenteriya
#50
Vabo kasalligiga xos najasni ko’rsating:
- suvli, ipir-ipir, oqimtir, guruch qaynatmasi ko’rinishida
- ko’p miqdorda, yopishqoq, malina simon jele ko’rinishida
- kam miqdorda, hidsiz, qon va shilimshiq aralash
- suyuq, ko’p miqdorda, badbo’y hidli, to’q yashil rangda
Javobni ko'rish
suvli, ipir-ipir, oqimtir, guruch qaynatmasi ko’rinishida
QuizPilotda o'ynash