QuizPilotFanlarDiniy ta'lim
Diniy ta'lim

Pediatriya va parazitologiya testi

muallif: Javlon · 50 ta savol · 0 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Grishprung nima?
  1. Ingichka va yog'on ichakning ma'lum bir qismini tug'ma kattalashishi
  2. Yog'on ichakning ma'lum bir qismini yoki barcha qismini (asosan sigmasimon) tug'ma kattalashishi
  3. Ingichka ichakning ma'lum bir qismini tug'ma kattalashishi
  4. Me'danining ma'lum bir qismini tug'ma kattalashishi
Javobni ko'rish
Yog'on ichakning ma'lum bir qismini yoki barcha qismini (asosan sigmasimon) tug'ma kattalashishi
#2
Ascaridozning qaysi davrida darmonsizlik, yo'tal, harorat ko'tarilishi, bronxit belgilari kuzatiladi?
  1. Boshlang'ich davri
  2. Migratsiya davri
  3. O'tkir davri
  4. Ichak davri
Javobni ko'rish
Migratsiya davri
#3
Me'da-chak faoliyatining buzilishi, ishtaha pasayishi, ko'ngil aynish, ko'p so'lak oqishi, qayt qilish va ich buzilishi askaridozning qaysi davrida kuzatiladi?
  1. Ichak
  2. Nofaol
  3. Migratsiya
  4. Faol
Javobni ko'rish
Ichak
#4
Enterobioz kasalligini qo'zg'atuvchisi nima?
  1. Shigella
  2. Ascarida
  3. Ostritsa
  4. Echinokokk
Javobni ko'rish
Ostritsa
#5
Butun og'iz bo'shlig'iga chuqur yaralar paydo bo'lishi, og'izdan qo'lansa hid kelishi, tana haroratini ko'tarilishi, limfa tugunlarining kattalashishi stomatitning qaysi turiga xos?
  1. Kataral
  2. Gerpetik
  3. Kandidoz
  4. Yarali
Javobni ko'rish
Yarali
#6
Ivigan sutni eslatuvchi ipir-ipir oqish pardalar qo'shilib, butun og'iz bo'shlig'ini egallashi stomatitning qaysi turida kuzatiladi?
  1. Kandidoz stomatit
  2. Yarali stomatit
  3. Gerpetik stomatit
  4. Kataral stomatit
Javobni ko'rish
Kandidoz stomatit
#7
Orqa chiqaruv teshigi atrofi doimo qichishishi, tez-tez ish kelib turishi, qorin og'rishi, ishtahasizlik, uyquning buzilishi, tez asabiylashish qaysi gijja kasalligida kuzatiladi?
  1. Echinokokkoz
  2. Lyamblioz
  3. Ascaridoz
  4. Enterobioz
Javobni ko'rish
Enterobioz
#8
Gerpetik stomatitning o'rta og'ir turida aftalar soni nechta bo'ladi?
  1. 10-25
  2. 1-5
  3. 30-60
  4. 25-30
Javobni ko'rish
10-25
#9
Zamburug'lar keltirib chiqaruvchi stomatit turini ko'rsating.
  1. Yarali
  2. Gerpetik
  3. Kataral
  4. Kandidoz
Javobni ko'rish
Kandidoz
#10
Bolalarni ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklarida ob'ektiv tekshiruvga nima kiradi?
  1. Najas yig'ish
  2. Qorinni paypaslash
  3. So'rab-surishtirish
  4. Qorin bo'shlig'i punksiyasi
Javobni ko'rish
Qorinni paypaslash
#11
Ascarida urg'ochisining uzunligi qancha?
  1. 50-100 sm
  2. 25-40 sm
  3. 200-300 sm
  4. 3-10 mm
Javobni ko'rish
25-40 sm
#12
Ascaridoz kasalligini klinik kechishiga ko'ra qanday davrlari bor?
  1. Tipik va atipik
  2. Migratsiya va ichak
  3. Faol va nofaol
  4. O'tkir va surunkali
Javobni ko'rish
Migratsiya va ichak
#13
Dizuriya nima?
  1. Siydikni kam ajralishi
  2. Og'riq bilan qiynalib siyish
  3. Tez-tez kechasi siyish
  4. Siydikni umuman ajralmasligi
Javobni ko'rish
Og'riq bilan qiynalib siyish
#14
Buyrak kasalligida qaysi parhez stoli buyuriladi?
  1. № 5
  2. № 15
  3. № 7
  4. № 10
Javobni ko'rish
№ 7
#15
Siydikni go'sht seli rangiga kirishi nima deyiladi?
  1. Gematuriya
  2. Piuriya
  3. Leykosituriya
  4. Proteinuriya
Javobni ko'rish
Gematuriya
#16
Piyelonefritda buyrakning qaysi qismi jarohatlanadi?
  1. buyrak tomirlari, buyrak to’qimasi
  2. buyrak oraliq to’qimasi, buyrak jomlari
  3. buyrak jomi, buyrak koptokchasi
  4. siydik yo’llari, siydik qopchasi
Javobni ko'rish
buyrak oraliq to’qimasi, buyrak jomlari
#17
Oligouriya nima?
  1. siydikni butunlay ajralmasligi
  2. siydikni kam ajralishi
  3. siydikni ko’p ajralishi
  4. siydikni ajralishi kechqurun ko’payishi
Javobni ko'rish
siydikni kam ajralishi
#18
Siydikda glyukozaning ajralib chiqishi nima deyiladi?
  1. proteinuriya
  2. glyukozauriya
  3. gemoturiya
  4. poliuriya
Javobni ko'rish
glyukozauriya
#19
Piyelonefritda siydikda qanday o’zgarishlar bo’ladi?
  1. siydik hira, ko’p miqdorda leykositlar aniqlanadi
  2. siydik sariq, o’t pigmentlar bo’ladi
  3. siydik qizil, tiniq bo’ladi
  4. siydikda qand paydo bo’ladi, hira
Javobni ko'rish
siydik hira, ko’p miqdorda leykositlar aniqlanadi
#20
Buyrak kasalligida og’riqlar tananing qaysi sohasida bo’ladi?
  1. epigastral sohada
  2. qovurg’a ostida
  3. bel sohasida
  4. dumg’azada
Javobni ko'rish
bel sohasida
#21
Glomerulonefrit qo’zg’atuvchisini ko’rsating?
  1. A guruhiga mansub D gemolitik streptokokk
  2. A guruhiga mansub B gemolitik streptokokk
  3. B guruhiga mansub D gemolitik streptokokk
  4. B guruhiga mansub A gemolitik streptokokk
Javobni ko'rish
A guruhiga mansub B gemolitik streptokokk
#22
O’tkir glomerulonefritning nefritik turi belgilarini ko’rdating?
  1. qovoqlari, yuzida yengil shish, oligouriya, gematuriya
  2. gipertenziya, assid, gematuriya
  3. assid, makrogematuriya
  4. gidrotoraks, proteinuriya, makrogematuriya
Javobni ko'rish
qovoqlari, yuzida yengil shish, oligouriya, gematuriya
#23
Proteinuriya - bu
  1. siydikda ko’p miqdorda leykosit paydo bo’lishi
  2. siydikda ko’p miqdorda bakterialar paydo bo’lishi
  3. siydikda ko’p miqdorda eritrosit paydo bo’lishi
  4. siydikda ko’p miqdorda oqsil paydo bo’lishi
Javobni ko'rish
siydikda ko’p miqdorda oqsil paydo bo’lishi
#24
Piyelonefrit - bu
  1. kosacha va jomlarining yallig’lanishi
  2. siydik chiqarish naylarining yallig’lanishi
  3. buyrak oraliq to’qimasi va jomlarining yallig’lanishi
  4. siydik pufagi yallig’lanishi
Javobni ko'rish
buyrak oraliq to’qimasi va jomlarining yallig’lanishi
#25
O’tkir glomerulonefritning aralash turini belgilarini ko’rsating.
  1. leykosituriy, qovoqlarda yengil shish, glyukozuriya
  2. makrogematuriya, proteinuriya, gipertenziya, shishlar
  3. bakteriuriya, leykosituriya, gipertermiya
  4. proteinuriya, gepatosplenomegaliya
Javobni ko'rish
makrogematuriya, proteinuriya, gipertenziya, shishlar
#26
Gematuriya - bu
  1. siydikda parchalangan oqsillar paydo bo’lishi
  2. siydikda parchalangan eritrositlar paydo bo’lishi
  3. siydikda glyukoza paydo bo’lishi
  4. siydikda parchalangan leykositlar paydo bo’lishi
Javobni ko'rish
siydikda parchalangan eritrositlar paydo bo’lishi
#27
Kataral angina necha kun davom etadi?
  1. 23-35 kun
  2. 3-5 kun
  3. 10-15 kun
  4. 13-20 kun
Javobni ko'rish
3-5 kun
#28
Dizuriya nima?
  1. siydikni kam ajralishi
  2. og’riq bilan qiynalib siyish
  3. tez-tez kechasi siyish
  4. siydikni umuman ajralmasligi
Javobni ko'rish
og’riq bilan qiynalib siyish
#29
Siydikni go’sht seli rangiga kirishi nima deyiladi?
  1. leykosituriya
  2. piuriya
  3. proteinuriya
  4. gematuriya
Javobni ko'rish
gematuriya
#30
Siydikda oqsil ajralishi nima deyiladi?
  1. proteinuriya
  2. Leykosituriya
  3. gematuriya
  4. piuriya
Javobni ko'rish
proteinuriya
#31
O’tkir glomerulonefritda shishlar avval qayerda bo’ladi?
  1. yuzda
  2. qo’lda
  3. oyoqda
  4. qorinda
Javobni ko'rish
yuzda
#32
Glomerulonefritda uchraydigan asosiy klinik belgilarni aniqlang.
  1. bosh og’rig’i, behollik, ko’ngil aynishi, qayt qilish
  2. ko’ngil aynishi, bosh og’rig’i, tana haroratining oshishi
  3. yuz va tanadagi shishlar, tana harorati baland, gematuriya
  4. ko’ngil aynishi, qusish, ich ketishi
Javobni ko'rish
yuz va tanadagi shishlar, tana harorati baland, gematuriya
#33
Burundan qon ketganda qaysi yordam qo’llaniladi?
  1. Burunga ingalyasiya qilish
  2. Burunga protorgol tomizish
  3. Burun bo’shlig’ini pilikcha bilan tozalash
  4. Burun sohasiga sovuq kompress qo’yish
Javobni ko'rish
Burun sohasiga sovuq kompress qo’yish
#34
Qon to’htatish uchun qo’llaniladigan dori preparatini aniqlang.
  1. Tokoferol
  2. Vikasol
  3. Geparin
  4. Ergokalsiferol
Javobni ko'rish
Vikasol
#35
Gemorragik vaskulitda qanday toshma toshadi?
  1. Gemorragik
  2. Petechial
  3. Papulyoz
  4. Vezikulyoz
Javobni ko'rish
Petechial
#36
Trombositopenik purpurada qon tarkibida qanday o’zgarish kuzatiladi?
  1. Leykositopeniya
  2. Eyozinofiliya
  3. Eritrositopeniya
  4. Trombositopeniya
Javobni ko'rish
Trombositopeniya
#37
Tabiiy sharoitda sog’lom bolada gemoglabin va eritrosit miqdori qancha bo’ladi?
  1. 160-180 g gemoglabin, eritrosit 10-12 x10^12
  2. 100 g gemoglabin, eritrosit 2,5x10^12
  3. 60-90 g gemoglabin, eritrosit 1,5-2,5 x10^12
  4. 120-140 g gemoglabin, eritrosit 4,5-5,0 x10^12
Javobni ko'rish
120-140 g gemoglabin, eritrosit 4,5-5,0 x10^12
#38
Qon yo’qotish tufayli kelib chiqadigan kamqonlik turini ko’rsating.
  1. Gemolitik
  2. Fe yetishmovchiligi
  3. Gipoplastik
  4. Gemorragik
Javobni ko'rish
Gemorragik
#39
Gemorragik vaskulitning qanday turlari bor?
  1. Teri, revmatoid, abdominal, yashin tezlikda kechuvchi o’ta og’ir turi
  2. Teri, jigar, abdominal, yashin tezlikda kechuvchi o’ta og’ir turi
  3. Teri, og’iz, abdominal, yashin tezlikda kechuvchi o’ta og’ir turi
  4. Teri, revmatoid, o’pka, yashin tezlikda kechuvchi o’ta og’ir turi
Javobni ko'rish
Teri, revmatoid, abdominal, yashin tezlikda kechuvchi o’ta og’ir turi
#40
Kamqonlikning og’ir turida gemoglabin va eritrosit soni qancha bo’ladi?
  1. Gemoglabin 70 g/ldan, eritrosit 2,5x 10^12 dan past
  2. Gemoglabin 90 g/ldan, eritrosit 3,5x 10^12 dan ko’p
  3. Gemoglabin 120 g/ldan, eritrosit 1,5x 10^12 dan past
  4. Gemoglabin 100 g/ldan, eritrosit 4,5x 10^12 dan ko’p
Javobni ko'rish
Gemoglabin 70 g/ldan, eritrosit 2,5x 10^12 dan past
#41
Ichaklar devori, charvi, qorin bo’shlig’i a’zolariga gemorragik toshmalar toshib, xurujsimon og’riqlar va majburiy holat kuzatilishi gemorragik diatezning qaysi turiga xos?
  1. Trombositopenik purpura
  2. Anemiya
  3. Gemorragik vaskulit
  4. Gemofiliya
Javobni ko'rish
Gemorragik vaskulit
#42
Go’dak bolalar orasida kamqonlikning qaysi turi ko’p uchraydi?
  1. Gemolitik
  2. Gemorragik
  3. Gipoplastik
  4. Fe yetishmovchiligi
Javobni ko'rish
Fe yetishmovchiligi
#43
Bo’g’imlarda kuchli og’riq, shish, tananing turli qismlarida gemorragik toshmalar – gemorragik vaskulitning qaysi turiga xos?
  1. Teri turi
  2. Bo’g’im turi
  3. Abdominal turi
  4. Yashin tezlikda o’tuvchi og’ir turi
Javobni ko'rish
Yashin tezlikda o’tuvchi og’ir turi
#44
Gemorragik diatezning og’ir turini ko’rsating?
  1. Gemofiliya
  2. Trombositopenik purpura
  3. Gemorragik vaskulit
  4. Anemiya
Javobni ko'rish
Gemofiliya
#45
Nasldan naslga qizlar tashuvchi va o’g’il bolalarda rivojlanuvchi irsiy kasallikni ko’rsating?
  1. Gemofiliya
  2. Gemorragik diatez
  3. Bo’g’ma
  4. Qizilcha
Javobni ko'rish
Gemofiliya
#46
Trombositlar sonining kamayishi hisobiga qon oqishining uzayishi, qon ivishining buzilishi qaysi kasallikka xos?
  1. Verlgof
  2. Leykoz
  3. Gemofiliya
  4. Shenleyn-Genox
Javobni ko'rish
Verlgof
#47
Gemorragik diatezlarga quyidagilar kiradi?
  1. Gemorragik vaskulit, trombositopenik purpura, gemofiliya
  2. Gemorragik vaskulit, Verlgof, asab bo’g’imi diatez
  3. Gemorragik vaskulit, ekssudativ kataral diatez, Verlgof
  4. Gemorragik vaskulit, ekssudativ kataral diatez, asab bo’g’imi diatez
Javobni ko'rish
Gemorragik vaskulit, trombositopenik purpura, gemofiliya
#48
Gemorragik vaskulitda kuzatiladigan eng og’ir asorat - bu
  1. Buyrak usti beziga qon quyilish
  2. Jigarga qon quyilish
  3. Teriga qon quyilish
  4. Miyaga qon quyilish
Javobni ko'rish
Buyrak usti beziga qon quyilish
#49
Gemorragik vaskulit bolalar orasida ko’proq necha yoshda kuzatiladi?
  1. Balog’at yoshi
  2. Chaqaloqlik davri
  3. Maktabgacha va kichik maktab yoshi
  4. Go’daklik davri
Javobni ko'rish
Balog’at yoshi
#50
Gemoglabin va eritrositlar miqdorining kamayish darajasiga qarab kamqonlikning qanday turlari bor?
  1. Yengil, o’rtacha og’ir, og’ir
  2. Yengil, surunkali, cho’zilgan
  3. O’tkir, surunkali, cho’zilgan
  4. O’tkir, o’rtacha og’ir, cho’zilgan
Javobni ko'rish
Yengil, o’rtacha og’ir, og’ir
QuizPilotda o'ynash